Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:28 / 23.10.2015
4587
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘iziston janubida terrorchilarning yollovchisi qo‘lga olindi
Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida odamlarni Suriyada yuborish bilan shug‘ullanib kelayotgan yollovchi qo‘lga olindi. Bu haqda milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Respublikamiz fuqarosi xalqaro tashkilotlardan birining emissari bo‘lib, diniy ekstremizmga qarshi yo‘naltirilgan operativ tadbir chog‘ida qo‘lga olindi”, - deyiladi xabarnomada.
Qo‘lga olingan shaxsning ism-sharifi oshkor qilinmayapti.