18:56 / 23.10.2015
5110

Ronaldu brendi dunyo sportchilarining eng qimmatbaho brendlari o‘ntaligida qayd etildi

«Real» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Forbes rasmiy saytida e'lon qilingan 2015 yilda sportchilar orasidagi eng qimmatbaho brendlar reytingida qayd etildi.

Ma'lum qilinishicha, Ronalduning brendi 16 million dollarga baholangan. Bu ro‘yxatda Ronalduning "Oltin to‘p" mukofoti yo‘lidagi asosiy raqibi Lionel Messining nomi yo‘q.

Ro‘yxatning yuqori o‘ntaligida amerikalik golfchi Tayger Vuds yetakchilik qilib turibdi. Vudsning brendi 30 million dollarga baholadi.
Ikkinchi o‘rinda ham golfchi Fil Mikelson qayd etilgan.
Amerikalik basketbolchi Lebron Jyeyms va shveysariyalik tennischi Rojyer Federer uchinchi o‘rinni bo‘lishib olishgan.

Krishtianu Ronaldu ushbu reytingga kiritilgan yagona futbolchi bo‘ldi.

Shuningdek, Forbes Ronaldu a'zosi bo‘lgan "Real" klubini jamoalar bo‘yicha eng qimmatbaho brendlar ro‘yxatida 5-o‘ringa joylashtirgan.

Quyida 2015 yilning eng qimmatbaho brendga ega sportchilarining to‘liq ro‘yxati bilan tanishish mumkin:

1. Tayger Vuds (golf) — 30 mln dollar;
2. Fil Mikelson (golf) — 28 mln dollar;
3. Lebron Jyeyms (basketbol) — 27 mln dollar;
4. Rojyer Federer (tennis) — 27 mln dollar;
5. Maxendra Singx Doni (kriket) — 21 mln dollar;
6. Useyn Bolt (yengil atletika) — 18 mln dollar;
7. Kevin Dyurant (basketbol) — 18 mln dollar;
8. Krishtianu Ronaldu (futbol) — 16 mln dollar;
9. Rori Makilroy (golf) — 12 mln dollar;
10. Floyd Meyuezer (boks) — 11,5 mln dollar.

Top