Jahon | 01:43 / 23.10.2015
6725
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya bosh shtabi: Suriyadagi jangarilar yangi jangarilar qochishining oldini olish maqsadida maxsus otryadlarni yaratmoqda

Suriyadagi jangarilar terrorchilik guruhlari safiga safarbar qilingan o‘smirlarning qochib ketishiga to‘sqinlik qilish maqsadida maxsus to‘suvchi otryadlarni yaratmoqda, deb aytdi Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i general-polkovnik Andrey Kartapolov. Bu haqda Mudofaa vazirligining matbuot-bayonotida ma'lum qilindi.

“Bizga ma'lumki, Halab viloyatidagi bandit tuzilmalarining ba'zi yetakchilari yangi jangarilarni to‘xtatishga urinib, eng vafodor jangarilardan to‘suvchi otryadlarni tuzmoqda”, deb aytdi Kartapolov.

Kartapolovning aytishicha, gap terrorchilar tomonidan e'lon qilingan safarbarlik davomida safarbar qilingan 12 yoshdan katta bo‘lgan o‘smirlar haqida ketmoqda. Ular qo‘rquvdan qurol tashlab, o‘z pozitsiyalarini ommaviy tarzda tark etmoqdalar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish