Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TIV: tojikistonlik go‘dakning o‘limi sinchiklab taftish qilinadi
Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Sankt-Peterburgda nobud bo‘lgan 5 oylik bolakay haqida fikr bildirar ekan, taftishga jalb qilingan idoralar ishni sinchiklab o‘rganishini kafolatladi.
Go‘dakning ota-onasi mayda ma'muriya huquqbuzarlikda ayblanib, hibsga olingan edi. Onadan ajratilgan bola hozircha aniqlanmagan sabablarga ko‘ra vafot etdi. Bu voqea keng miqyosli bahs-munozaralarni keltirib chiqardi.
“Gap xizmat vazifasini bajarishda ehtiyotsizlik tufayli birovning o‘limiga sabab bo‘lishi haqida ketmoqda. Bir paytning o‘zida bu ishni IIV, migratsiya xizmati va sog‘liqni saqlash vazirligi olib bormoqda”, - ma'lum qildi Zaxarova.