12:43 / 23.10.2015
6592

Shvaynshtayger "fashistik qo‘g‘irchoq" yasashda o‘zidan nusxa olgan kompaniyani sudga berdi

«Manchester Yunayted» jamoasining germaniyalik futbolchisi Bastian Shvaynshtayger Gongkongdagi qo‘g‘irchoq ishlab chiqaruvchi kompaniyani sudga berdi. Bu kompaniya fashist askari Shvaynshtaygerning ko‘rinishini o‘zida umumlashtirgan qo‘g‘irchoq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani bunga sabab bo‘lgan. Bu haqda Guardian nashri xaba berdi.

Xabarda aytilishicha, futbolchining advokatlari 30 santimetrlik bu qo‘g‘irchoqning savdo rastalaridan olib tashlanishiga erishishmoqchi.

O‘z navbatida ishlab chiqaruvchi kompaniya (Dragon in Dream) bu mahsuloti yaratilishiga 31 yoshli futbolchi prototip sifatida tanlanmagani, o‘xshashliklar tasodif ekanini ta'kidlamoqda.

Ularning qayd etishlaricha qo‘g‘ichoqqa berilgan Bastian Germaniyaga xos, nemislar tomonidan qo‘yiladigan va ko‘p uchraydigan ismdir.

"Biz nemislarni shunday ko‘rinishda tasavvur qilamiz", deydi kompaniya direktori Patrik Chan.

Qayd etilishicha, bu kompaniya bundan oldin Birinchi Jahon urushi davri askari, Iosif Stalin hamda Jyeyms Bond ko‘rinishidagi qo‘g‘irchoqlarni ham ishlab chiqargandi.

Bundan oldinroq, Xitoyda tashqi ko‘rinishi "Manchester Yunayted"ning germaniyalik yarimhimoyachisi Bastian Shvaynshtaygerdan nusxa olingan qo‘g‘irchoq soldatlar ishlab chiqarila boshlagani, bu esa futbolchini haqoratlash sifatida baholanayotgani xabar qilingandi.

Top