Jamiyat | 16:53 / 23.10.2015
3679
1 daqiqa o‘qiladi

TVda energiya samaradorligi masalasi ko‘tarildi

22 oktabr kuni “Yoshlar” telekanalida efirga uzatilgan “Nuqtai nazar” ko‘rsatuvida O‘zbekistonda energiya samaradorligi va tejamkorligi masalalari muhokama qilindi. Yoshlar tok-shousi mavzuning dolzarbligini ko‘rsatib berib, bu borada ishtirokchilardan fikr olishga intildi.

Ko‘rsatuv teleradiokanal hamda “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” dasturining qo‘shma tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda tegishli vazirlik va idoralarning mutaxassislari, olimlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ekspertlar bunday telemuloqot fuqarolarni dolzarb masalalardan boxabar qilishda muhim rol o‘ynashini ta'kidlab o‘tdilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish