22:39 / 23.10.2015
3007

WSJ: minglab amerikaliklar shveysar banklarida 10 mlrd dollarga yaqin mablag‘ni soliqlardan yashirganlar

O‘nlab shveysar banklari AQSh Adliya vazirligiga amerikalik mijozlariga pullarini xorijda yashirishga yordam berganliklari haqida ko‘rsatmalar berdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri.

WSJ mutaxassislari Adliya vazirligining bu banklar joylashgan 40 ta aholi punkti bo‘yicha olingan hujjatlarini tahlil qilib, soliqlarni yashirishning va xorijiy firmalar tomonidan hisob raqamlarni yashirishning ko‘plab metodlariga baho berdilar. O‘tkazilgan tahlilga ko‘ra, turli darajadagi jinoyatchilar – xalqaro banklardan tortib kichik shaharlardagi ipoteka kreditorlarigacha umumiy hisobda 10 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ni yashirishgan.

“Ko‘plab shveysar banklari o‘zlarining bizneslarini ko‘plab amerikaliklarga o‘z mablag‘larini AQSh soliq boshqarmasidan yashirishga yordam berishda qurganlar”, deb aytmoqda Adliya vazirligi vakillaridan biri.

Noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirganini tan olgan firmalar jinoiy javobgarlikdan qochish maqsadida soliq boshqarmasiga umumiy hisobda 360 mln dollar dan ko‘proq mablag‘ to‘lagan. O‘z hisobini yashirgan 54 mingdan ko‘proq amerikalik soliq to‘lovchilar umumiy hisobda 8 mlrd dollar to‘lagan.

Mablag‘larni soliqlardan yashirishda Credit Suisse (2,5 mlrd dollar) yetakchi bo‘ldi, 2- va 3-o‘rinni UBS (780 ml dollar) va Leumi ($360 mln) banklari egalladi.

Top