Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Hizb ut-Tahrir”ning Moskvadagi bo‘limlaridan birining yetakchisi bo‘lgan tojik qo‘lga olindi
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari birgalikdagi operatsiya davomida Rossiyada taqiqlangan xalqaro terrorchilik tashkiloti “Hizb ut-Tahrir”ning Moskvadagi bo‘limlaridan birining yetakchisini qo‘lga oldilar. Bu haqda Rossiya IIV matbuot-bayonotida aytildi.
Xabarda ta'kidlanishicha, qo‘lga olingan terrorchi 25 yoshli Tojikiston fuqarosi bo‘lib (ismi aytilmagan), politsiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan.
Huquq-tartibot muassasalari ma'lumotlariga ko‘ra, yigit “radikal islom, Rossiya hududida islom halifaligi qurish kabi g‘oyalarni targ‘ib qilish bilan birga faol ravishda yollovchilik qilgan”. Qo‘lga olingan terrorchi 19 oktabrda Moskvada qo‘lga olingan “Hizb ut-Tahrir al-Islomiya”ning 22 nafar a'zosi bilan aloqasi bo‘lgan.
20 oktabrda ekstremistlarni bartaraf etish bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor tadbirlar doirasida 25 tadan ko‘p tintuv o‘tkazilib, ekstremistik adabiyot, aloqa vositalari, terrorchilik tashkiloti ishi hisobotlari saqlangan elektron tashuvchilar musodara qilingan.
Shu kunning o‘zida Moskvaning Meshan sudi 20 nafar kishini hibsga olish haqida ariza olgan. Yana 2 nafar qo‘lga olingan ekstremistning hujjatlari Lefortovo sudiga yuborilgan.
Barcha hibsga olinganlarga “Terrorchilik tashkiloti faoliyatini tashkil etish va bunday tashkilotning faoliyatida ishtirok etish” moddasi bo‘yicha ayblov e'lon qilingan.