Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AFP: Nigeriyadagi yana bir terakt natijasida 27 kishi halok bo‘ldi, 96 nafar kishi jarohat oldi
Nigeriya sharqida joylashgan Yola shahridagi masjidda yuz bergan portlash natijasida 27 kishi halok bo‘ldi, 96 nafar kishi esa jarohatlandi, deb ma'lum qilmoqda AFP.
Bomba xudkush tomonidan ishga tushirilgan. Yola shahri Adamava shtatining markazi hisoblanadi.
Bu bir kun ichida Nigeriyadagi ikkinchi portlashdir. Tongda xudkush Maydaguri shahridagi masjidda o‘z-o‘zini portlatib yuborgan edi. Unda 28 kishi halok bo‘lagni haqda ma'lum qilingandi.
Voqealar javobgarligini hududda faol harakat olib borayotgan biror-bir terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga olgani yo‘q, ammo ma'lumotlarga qaraganda teraktlar ortida “Boko Haram” terrorchilik tashkiloti turgan bo‘lishi mumkin.