Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: IShID Bangladesh poytaxtidagi portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi
IShID terrorchilik guruhi 24 oktabrda Bangladesh poytaxti Dakkada amalga oshirilgan uchta portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, bunday ma'lumotni jangarilarning internetdagi faoliyatini monitoring qiluvchi SITE tashkiloti taqdim qildi.
Bangladeshda sodir etilgan teraktlar oqibatida 12 yoshli o‘smir halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jabrlandi. Portlashlar Ashura kunini o‘tkazish uchun 25 mingga yaqin odam to‘plangan shialar ta'lim markazida yuz berdi.
Qayd etilishicha, portlashlar qo‘lbola portlovchi qurilmalar yordamida amalga oshirilgan. Bunday qurilmadan 5 ta bo‘lgan, undan uchtasi portlagan.
Ashura kuni shia musulmonlari Muhammad rasulullohning (s.a.v) nabiralari va kuyovlari imom Alining o‘g‘li imom Husaynning xotirasini yod etadigan motam kuni hisoblanadi. Imom Husayn Karbala yaqinida (hozirgi Iroqning hududida joylashgan) 680 yilda jangda halok bo‘lgan. Ashura (arabchadan “ashara” so‘zi “o‘n”ni bildiradi) xijriy taqvim bo‘yicha muharram oyining 10-kuniga to‘g‘ri keladi. Kuchlar teng bo‘lmagan jangda Imom Husayn bilan birga uning ukasi Abbos va yana 70 jangchi halok bo‘lgan.