Jahon | 07:12 / 24.10.2015
4260
1 daqiqa o‘qiladi

Barak Obama respublikachilarni internetda mashhur mem Badjahl mushukchaga qiyosladi

AQSh prezidenti Barak Obama Respublikachilar partiyasi vakillarini internetda mashhur mem Badjahl mushukchaga qiyosladi, deb ma'lum qildi ABC News telekanali.  

“Nima uchun bu respublikachi siyosatchilar AQShga nisbatan bunchalik tushkunlik kayfiyatida bo‘lmasa? Sezganmisiz? Men ularning tungliklarini nazarda tutyapman. Ular xuddi Badjahl mushukchaga o‘xshaydilar”, deb aytdi Obama Vashingtonda bo‘lib o‘tgan demokratchi ayollar anjumanida va badjahl mushukchaning yuz ifodasini tasvirlab berdi.  

“Ularga ishonadigan bo‘lsak, hammasi dahshatli tus olgan. Go‘yoki biz falokatga mahkum bo‘lgandek”, deb qo‘shimcha qildi Obama. 

Avvalroq Tyusso xonim muzeyida Badjahl mushukchaning mumdan ishlangan haykali paydo bo‘lishi ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish