19:20 / 24.10.2015
4966

BMT qamalda qolgan suriyaliklarga xatolik tufayli yaroqlik muddati o‘tib ketgan pechene yubordi

BMT Damashq yaqinida qamalda qolgan hududlarda yashovchi suriyaliklarga xatolik tufayli yaroqlik muddati o‘tib ketgan pechene yubordi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.

Xato tufayli Suriyaning Zabadaniy va Madayya shaharlariga 650 ta quti kelgan, ulardan 320 tasida pechene bo‘lib, ularning yaroqlik muddati sentabrda tugagan bo‘lgan.

“Bu holat yuklash paytida inson tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolik natijasida yuz berganini tasdiqlashimiz mumkin”, deb aytdi BMTning Suriyadagi koordinatori Yoqub al-Xillo.

Al-Xilloning ta'kidlashicha, BMTda ushbu holat yuzasidan ish olib borilmoqda.

Top