23:29 / 24.10.2015
3392

Britan provayderi TalkTalk xakerlar hujumidan keyin tovon puli to‘lash talabini oldi

Buyuk Britaniyada faoliyat yurituvchi TalkTalk telekommunikatsiya kompaniyasi foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni o‘g‘irlaganlar ulardan foydalana olmasliklarini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Avvalroq kompaniya sayti noma'lum xakerlar tomonidan buzilgani va oqibatda jinoyatchilar kompaniya mijozlarining ismlari, adreslari, bank kartochalari raqamlari haqidagi va boshqa shaxsiy ma'lumotlarni o‘g‘irlagan bo‘lishlari mumkinligi ma'lum qilingandi.

Kompaniyada 4 mlndan ko‘proq foydalanuvchiga tegishli ma'lumotlarning o‘g‘irlanishiga olib kelgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan noma'lum shaxsdan tovon puli to‘lash talabi olingani ma'lum qilindi.

Kompaniyada o‘g‘irlangan ma'lumotlar mijozlarning hisob raqamlaridan mablag‘larni o‘g‘irlash uchun yetarli emas deb hisoblamoqdalar, chunki jinoyatchilar o‘g‘irlagan moliyaviy ma'lumot hajmi dastlab o‘ylangandan anchagina kamroqni tashkil qiladi.

Top