12:10 / 24.10.2015
4852

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ekstremistik ruhdagi izohlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan qozog‘istonliklarga qamoq jazosi tayinlanishi mumkin

Har qanday ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvchi qozog‘istonlikka bir yarim oylik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin, qachonki uning sahifasiga boshqa birov tomonidan ekstremistik ruhda izoh yozib qoldirilsa. Bu xabar mamlakatda internetdan foydalanuvchilarning keng muhokamasiga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda 31 kanal.

Qozog‘istonlik faol internet foydalanuvchi Artyom Loskutovning qachonlardir o‘z internet-resursi bor edi. Hozir u internetdagi o‘zga sahifalarga kirib, u yerdagi ijtimoiy mavzularni muhokama etishni yoqtiradi. Uni ekstremistik ruhda yoziladigan izohlardan o‘z sahifasini mas'luiyat bilan asrashi lozim ma'nosidagi yangi qonun hayratga soldi.

«Bu baribir kiraverishida yomon so‘z yozilgan kasalxonaga odamlarni chorlashga o‘xshash narsa bo‘lib qolyapti», — dedi Loskutov. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar ko‘p ma'lumot aylanadigan joy hisoblanadi. Agar u yerda shubhali fikrlar qoldirilsa, sahifa egasini 90 kunlik qamoq jazosi kutadi, deyiladi ma'lumotda.

Top