Jahon | 09:38 / 24.10.2015
4430
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyadagi "Yahudiylarga o‘lim" qishlog‘i nomi "Yahudiylar tepaligi"ga o‘zgartirildi

Ispaniyadagi Castrillo Matajudios qishlog‘i ("Kastiliya yahudiylariga o‘lim") nomi aholining katta qismi qaroriga ko‘ra o‘zining original nomiga o‘zgartirildi va Castrillo Mota de Judios ("Kastiliya yahudiylari tepaligi") nomini oldi.

Associated Press nashri xabariga ko‘ra, bu qishloq nomi 1492 yilda Ferdinand II Aragonskiy va Izabella Katolik o‘rtasida tuzilgan, yahudiylarning katolik diniga o‘tishini nazarda tutadigan Algamrskiy edikti tufayli bo‘lgan voqealar tufayli 1627 yilda o‘zgargan. Bu edikt bo‘yicha katolik dinini qabul qilmagan yahudiylar Ispaniyani tark etishlari kerak bo‘lar, bunga amal qilmaganlar inkvizatsiya sudlarida qiynoqlarga uchrab halok bo‘lishar edi.

Qishloq nomining o‘zgartirilishi bo‘yicha o‘tkazilgan rasmiy marosimda Isroilning Ispaniyadagi elchisi ishtirok etgan va bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan qishloq aholisiga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish