Sport | 01:05 / 24.10.2015
3338
1 daqiqa o‘qiladi

Kelayotgan 5 yil ichida Italiyada 200 dan ortiq maktab bolalarni futbolga tayyorlaydi

Italiya futbol federatsiyasi direktori Mikele Uva 9 million yevroni yoshlar taraqqiyotining qay yo‘nalishiga sarflaganini ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, pullar manfaatli yo‘nalishlarda sarflangan. Bir paytlar Germaniya ham aynan shu usulni qo‘llagan edi.

Ma'lum bo‘lishicha, kelgusidagi 5 yil ichida Italiyada 200 ta markaz Italiya bolalar futbolini taraqqiy etirishda xizmat ko‘rsatadi. Bunga milliondan ziyod, 12—14 yoshli yosh italyanlar qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish