Jahon | 19:52 / 24.10.2015
7402
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: Suriyada “Jibhad an-Nusra” terrorchilik guruhi yetakchisi yo‘q qilindi

Suriyaning Halab shahri yaqinida “Jibhad an-Nusra” terrorchilik guruhi yetakchisi, misrlik Sulaymon al-Masriy yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbaga iqtibos keltirgan holda Sputnik nashri.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchi Tol-al-Karsaniy aholi punkti hududidagi jangovor harakatlar davomida o‘ldirildi.

Avvalroq Suriyada “Al-Qoida” tarkibiga kiruvchi “Xurason” guruhi yetakchilaridan biri Sanafi an-Nasra o‘ldirilgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish