11:13 / 24.10.2015
9012

O‘zbekistonlik chegarachilar qirg‘izistonlik kontrabandachini jarohatlashdi

O‘zbekistonlik chegarachilar Qirg‘iziston hududida noqonuniy mollarning kirib kelishini to‘xtatib qolishdi.
O‘zbekiston respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 2015 yilning 22 oktabr kunida Namangan viloyatining Kosonsoy tumani hududida joylashgan Qorasuv qishlog‘ida o‘zbekistonlik chegarachilar 3ta ot orqali Qirg‘iziston hududidan noqonuniy mollar olib kirilayotganini aniqlashgan.
MXX matbuot xizmati xabarida aytilishicha, chegarachilar guruhi davlat chegaralarini buzuvchini to‘xtatishmoqchi bo‘lishgan, u esa qochib ketmoqchi bo‘lganida osmonga ogohlantiruvchi o‘q otilgan. Bu foyda bermagach, uning chap oyog‘iga o‘q uzilgan. Ushbu qonunbuzar 1989 yilda tug‘ilgan, Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati, Olabuqa tumanidagi Qo‘rg‘oncha qishlog‘ida yashovchi X.Davlatov ekani aniqlangan. U Kosonsoydagi shifoxonaga olib borilgan. Uning sog‘ligiga jiddiy xavf yo‘q.
Ushbu kontrabandachi Qirg‘iziston hududidan jami 20 mln so‘mlik noqonuniy mahsulotlarni olib o‘tgani aniqlangan.
Ayni vaqtda bu bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Top