Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Tojikiston bilan chegarasida 2ta yirik giyohvand moddalar partiyasi qo‘lga olindi
O‘zbekistonlik chegarachilar keyingi bir necha kun ichida Tojikistondan O‘zbekiston hududiga kirib kelayotgan yuk poyezdlarini tekshirish chog‘ida 2ta yirik giyohvand moddalar partiyasini qo‘lga olishdi. Bu haqda Sputnik nashri o‘z manbasiga asoslanib, xabar bergan.
"22 oktabr kuni chegarachilar "Bekobod" o‘tkazuv punktida №2003 raqamli "Xo‘jand-Aris" yuk poyezdini, 24 oktabr kuni №3001 raqamli "Xo‘jand-Jyem" yuk poyezdini tekshirishganida noma'lum moddalarni aniqlashdi. Keyinchalik bu moddalar 16 kg gashish va 7 kg miqdoridagi geroin moddalari bo‘lib chiqdi", deyiladi xabarda.
Manbaning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari bu holat bo‘yicha jinoiy ish ochishgan va tekshiruv ishlari olib borishmoqda.