00:33 / 24.10.2015
3272

Pentagon asirlarni ozod qilish bo‘yicha operatsiyalar sonini ko‘paytirmoqchi

Pentagon asirlarni ozod qilish bo‘yicha operatsiyalar sonini ko‘paytirmoqchi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter ma'lum qildi. Uning aytishicha, bunday operatsiyalar katta miqdordagi razvedka ma'lumotlarini olish manbai hisoblanadi.

Avvalroq Iroqda asirlarni ozod qilish bo‘yicha operatsiya paytida amerikalik harbiy o‘ldirilgani ma'lum qilingandi. CNN telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, bu harbiy IShIDga qarshi kurashda halok bo‘lgan birinchi amerikalik harbiy hisoblanadi.

Operatsiya davomida 70 nafar asir ozod etildi. Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, operatsiyada AQSh harbiylaridan tashqari, kurdlar va Iroq askarlari ham ishtirok etgan. Operatsiya Iroq shimolidagi Xo‘yja shahrida o‘tkazilgan.

Top