Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Rossiya muammosi bo‘yicha tadqiqotlar markazi tuzdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya Federatsiyasi bilan bog‘liq muammolarni o‘rganuvchi tadqiqot markazi tuzish haqidagi farmonini imzoladi. Bu haqda Ukraina prezidenti saytida joylashtirilgan xabarda ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, bu markaz Rossiya bilan munosabatlardagi muammoli savollarni tadqiq etish bilan shug‘ullanadi va Ukraina milliy manfaatlarini ta'minlash uchun takliflar ishlab chiqadi.
"Markazning asosiy maqsadi Rossiya bilan munosabatlar sohasidagi dolzarb muammolarni ilmiy tahlil qilish hisoblanadi", deydi Poroshkenko ma'muriyatining rahbari o‘rinbosari Konstantin Yeliseyev.