Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 21:05 / 24.10.2015
4653
1 daqiqa o‘qiladi
"Real Madrid" safarda "Selta" ustidan g‘alaba qozondi
Ispaniya chempionatining 9-turida "Selta" o‘z uyida "Real Madrid"ni qabul qildi. Musobaqa peshqadamlari o‘rtasida kechgan uchrashuv 1:3 hisobida "madridliklar" foydasiga hal bo‘ldi. Mehmonlar safida gollarga Ronaldu, Danilo hamda Marselo, mezbonlarning yagona goliga Nolito mualliflik qildi.
Selta (Vigo) – Real Madrid (Madrid) – 1:3
Gollar: Ronaldu, 8 (0:1); Danilo, 23 (0:2); Nolito, 85 (1:2); Marselo, 90+5 (1:3).
Ogohlantirishlar: Kabral, 37; Ernandes, 57; Fernandes, 57; Aspas, 57; Nolito, 61 –Vaskes, 52.
Chetlatish: Kabral, 57.
Ushbu natijadan so‘ng "Real Madrid" musobaqa jadvalida 1-o‘rinni saqlab qoldi.
Shuni ta'kidlash lozimki, "Barselona" hisobida bitta zaxira uchrashuvi bor. Ular 25 oktabr kuni o‘z uyida "Eybar"ga qarshi maydonga tushadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish