23:37 / 24.10.2015
7182

Yaponiya bosh vaziri Toshkentga yetib keldi

24 oktabrda kechki payt O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe yetib keldi, deb xabar bermoqda O‘zA agentligi. Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng Yaponiya delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi. Yaponiya Bosh vazirining O‘zbekistonga rasmiy tashrifining asosiy tadbirlari 25 oktabrga belgilangan.

Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligini yanada rivojlantirishga oid keng ko‘lamli masalalar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro siyosatga doir dolzarb muammolar muhokama qilinishi mo‘ljallangan.

Tashrif yakunlari bo‘yicha tomonlarning Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo va boshqa ko‘plab hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Top