18:21 / 25.10.2015
24300

AQSh Janubiy Koreyaning O‘zbekistonga harbiy samolyotlar eksport qilishiga qarshilik ko‘rsatmoqda

AQSh Janubiy Koreyaning O‘zbekistonga 400 mln dollar evaziga 12ta T-50 Golden Eagle rusumli harbiy samolyot eksport qilishini ma'qullamadi. Bu haqda Korea Times xabar yozgan.

Bunday samolyotlar 2006 yildan Korea Aerospace Industries (KAI) va amerikaliklarning Lockheed Martin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgandi. Shu tufayli koreyaliklar bunday samolyotlarni xorijga eksport qilish uchun AQSh tomonining roziligini olishi kerak bo‘ladi.

Koreya matbuotida yozilishicha, Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi rasmiy Vashingtondan bu shartnoma tuzilishi uchun rozilik olishga harakat qilmoqda.

Top