Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Saudiya Arabistoni Suriya muxolifatini qo‘llab-quvvatlashni kengaytiradi
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri o‘rtasidagi uchrashuvda kechgan suhbatda Suriyadagi muxolifatga yordam berish ishlarini kengaytirish masalasi muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, tomonlar Suriyadagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal etish bo‘yicha ham ishlarni davom ettirishadi.
Ular shuningdek, Suriyada tinchlik o‘rnatish uchun mamlakatga xalqaro hamjamiyat kuchlari olib kirilishini tezlashtirish kerakligi haqida gaplashishgan.
Bundan avvalroq, Jon Kerri va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov o‘rtasida Suriya masalasi bo‘yicha telefon muloqoti o‘tkazilgani xabar qilingandi.