Jahon | 17:37 / 25.10.2015
7199
1 daqiqa o‘qiladi

Asad Rossiya aviatsiyasi amaliyotlari bunchalik samarali bo‘lishini kutmaganini bildirdi

Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya parlamenti vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuvi vaqtida Rossiya Harbiy-koinot kuchlari samolyotlarining samarali faoliyati to‘g‘risida gapirib o‘tgan. Bu haqda TASS nashriga Rossiya delegatsiyasi a'zolaridan biri, deputat Dmitriy Sablin ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Asad Rossiya aviatsiyasining terrorizmga qarshi kurashdagi xizmatlarini e'tirof etgan va Suriya xalqi ham, amerikaliklar ham Rossiya samolyotlarining bu qadar samarali ishlashini kutmagandi.

Bundan oldinroq, Bashar Asad Suriya Rossiyaning Ukraina muammosi bo‘yicha tutgan o‘rnini to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirib o‘tgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish