19:15 / 25.10.2015
4656

«Dinamo-TV» sharhlovchisi «Spartak» bilan o‘yin tanaffusida raqib jamoa muxlisini urdi

«Sport FM» radiokanali va «Dinamo-TV» kanali sharhlovchisi bo‘lgan taniqli jurnalist Dmitriy Derunets «Dinamo» jamoasining «Spartak»ka qarshi o‘yini tanaffusi vaqtida raqiblarning maydonga tushib kelgan muxlisiga hamla qildi.

Ximkida bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yin tanaffusi vaqtida maydonga tushib kelgan muxlis maydon o‘rtasida turib o‘z tribunadagi o‘z sheriklarini yanada faol bo‘lishga chaqiradi. Shunda uning oldiga stadion xodimi va jurnalist yetib kelib, uni maydon tashqarisiga olib chiqishni boshlaydi. Jurnalist avvaliga muxlisning boshiga zarba beradi. Muxlis qarshi hujumga o‘tgach, u ortga tisariladi, styuard muxlisni tinchlantirib, yetaklab ketayotganida esa Derunets ortdan kelib, muxlisga yana zarbalar beradi.

Ayni vaqtda Change.org resursiga «Sport FM»ni o‘z ichiga oluvchi «Yevropa mediaguruhi»ga ushbu holat bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi so‘ralgan murojaatnoma joylashtirilgan.

13 tur doirasida o‘tkazilgan derbi maqomidagi ushbu o‘yin "Spartak"ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Natijada, "Spartak" 23 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Dinamo" esa 15 ochko bilan 10-o‘rinda qolmoqda.

Top