10:50 / 25.10.2015
2755

Finlyandiya har kuni qochqinlar uchun 1 mln yevro sarflamoqda

Finlyandiya boshpana so‘rab kelgan qochqinlar tufayli har kuni 1 mln yevroni yo‘naltirmoqda.

Mamlakat IIV ma'lumotlariga ko‘ra, har kuni 1 nafar qochqin uchun 43 yevro xarajat qilinmoqda.

Bu pullar qochqinlarni qabul qilish nuqtalarida ularning yashashi va oziq-ovqati uchun sarflanmoqda. Qayd etilishicha, bu ahvol yana 5 oy davom etishi mumkin.

Yle nashrida yozilishicha, yil boshidan buyon Finlyandiyaga 24 ming nafar qochqin kirib kelgan. Yil oxirigacha yana 35 ming qochqin kelishi kutilmoqda.

Finlyandiya TIV Facebook orqali mamlakatga qochqinlar kelishini kamaytirishga qaratilgan kampaniyani olib bormoqda.

Finlyandiya bosh vaziri Yuxa Sipilyaning qayd etishicha, mamlakat qochoqlarni qabul qilish masalasida o‘z imkoniyatlari chegarasiga yaqinlashib qoldi.

Top