Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyada shaxmat bo‘yicha bolalar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi JCh boshlanmoqda
Bugun, 25 oktabr kuni Gretsiyaning Xalkidiki shahrida shaxmat bo‘yicha 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida jahon chempionati boshlanadi.
Musobaqa shveysarcha tizimda o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar 11ta tur yakuniga ko‘ra aniqlanadi. 5 noyabrga qadar davom etadigan jahon chempionatida 122 davlatdan 1600 nafardan ziyod shaxmatchilar ishtirok etadi.
Ushbu jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini Mamatqul Haylayev va grossmeyster Marat Jumayev murabbiyligidagi o‘zbekistonlik 15 nafar yosh shaxmatchilar himoya qilishadi. Ular orasida Islombek Sindarov, Shamsiddin Vohidov, Bahora Abdusattorova, Abdumalik Abdisalimov, Nodirabegim Parpiyeva , Adel Rahman singari jahon va qit'a chempionati g‘olib hamda sovrindorlari bor.
8 yoshgacha bo‘lgan qizlar — Raximberdiyeva Ruxshona (Samarqand)
8 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar — SM Sindarov Islombek (1567, Toshkent), Saydaliyev Akobirxon (1404, Samarqand)
10 yoshgacha bo‘lgan qizlar — Bobomurodova Maftuna (Toshkent)
12 yoshgacha bo‘lgan qizlar — Kim Leyla (1587, Toshkent), Xegay Yuliya (1554, Toshkent)
14 yoshgacha bo‘lan qizlar — Salimova Asal (1687, Toshkent)
14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar — Vohidov Shamsiddin (2336, Toshkent), Eminjonov Muzaffar (1794, Farg‘ona)
16 yoshgacha bo‘lgan qizlar — WFM Abdusattorova Bahora (2120, Toshkent)
16 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar — Abdisalimov Abdimalik (2178, Qashqadaryo)
18 yoshgacha bo‘lgan qizlar — Parpiyeva Nodirabegim (1901, Farg‘ona)
18 yoshdan katta — Rahman Adel (2234, Toshkent)