Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi karaoke-barda ro‘y bergan yong‘in tufayli 12 kishi halok bo‘ldi
25 oktabrga o‘tar kechasi Indoneziyaning Shimoliy Sulavesi viloyati markazi Manado shahrida joylashgan karaoke-barda yuz bergan yong‘in oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi va 32 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yetkazildi.
Associated Press nashri xabariga ko‘ra, yong‘in kelib chiqqan vaqtda bar binosining ikkinchi va uchinchi qavatlarida mijozlar karaoke kuylayotgan edi.
aYong‘inni o‘chirish ishlari bir necha soat vaqt talab qilgan.
Mahalliy politsiya rahbari Rio Permana qurbonlarning aksariyati kislorod yetishmasligidan bo‘g‘ilib halok bo‘lgani haqida ma''lumot bergan.
Ayni vaqtda politsiyachilar hodisa tafsilotlarini o‘rganishmoqda.