18:43 / 25.10.2015
5701

Karbaloda Ashuro kunini o‘tkazish uchun 6 mln nafarga yaqin ziyoratchi yig‘ildi

Iroqning Karbalo shahridabo‘lib o‘tadigan Ashuro kuniga olti millionga yaqin musulmon shialar yig‘ilishdi. Bu haqda 25 oktabr kuni shu shaharning rasmiy vakili Nasif al Xitobiy ma'lum qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “ushbu ziyoratga 6,3 mln nafar kishi qatnashmoqda”. Al Xitobiyning ma'lumotiga ko‘ra, ziyoratchilardan 300 ming nafari Iroqqa 26 mamlakatdan tashrif buyurgan.

Karbalo hukumatining ma'lum qilishicha, bu yil ushbu marosimni xavfsiz va tartibli o‘tkazish uchun lozim bo‘lgan barcha chora-tadbirlar qo‘llanilgan. Tumanning odam gavjum bo‘ladigan joyida birinchi marta F-16 qiruvchi samolyoti patrullik qiladi. Safarbar etilgan qo‘riqchilar soni esa 30 ming nafarni tashkil etadi. Bundan tashqari, 1200 nafarga yaqin ko‘ngilli ayol musulmon shialarning ibodatini ko‘ngilli o‘tkazish uchun navbatchilik qilishga rozilik bildirgan.

Top