19:26 / 25.10.2015
7224

KUN.UZ dayjesti: haftaning eng asosiy xabarlari. Jahon (19-25 oktabr)

Hurmatli o‘quvchilar! Jahonda xafta davomida (19-25 oktabr) sodir bo‘lgan xabarlar xronikasini e'tiboringizga takroran havola etamiz.

Xitoy yetakchisi Britaniyaga safarini boshlaydi>>

XXR raisi Si Tszinpin turmush o‘rtog‘i Pen Liyuan hamrohligida 19 oktabr kuni to‘rt kunlik rasmiy tashrif bilan Britaniyaga yo‘l oladi.

Tojikistonda “Zarafshon” oltin korxonasining ikkinchi fabrikasi ochildi>>

Panjakentda “Zarafshon” qo‘shma korxonasining ikkinchi affinaj fabrikasi bir yil ichida qurilib, foydalanishga topshirildi. Uning loyihaviy qiymati 1 mlrd somoniyni tashkil qildi.

Suriyaning Rossiyadagi elchisi: AQSh IShID marralariga Moskva aviazarbalaridan so‘ng e'tibor qaratdi>>

Suriya arab respublikasining Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Riyod Haddad Rossiyaning Suriyada olib borayotgan operatsiyalari birinchi yakuni bo‘yicha” nashriga intervyu berdi.

Muxolifatdagi Liberallar partiyasi Kanadadagi saylovda g‘alaba qozondi>>

19 oktabr kuni Kanada parlamentiga saylovlar bo‘lib o‘tdi va uning natijasida hukumat rahbari o‘zgardi.

Dushanbeda 30 oktabr kuni MDH hukumat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tadi>>

Tojikistonning Dushanbe shahrida, 30 oktabr kuni MDH hukumat rahbarlarining sammiti o‘z ishini boshlaydi.

OAV: Rossiyalik diniy ulamolar Putinning Qur'on va Injilni himoya qilish haqidagi qonuniga Muhammad payg‘ambar sunnatlarini ham kiritishni taklif qilishdi>>

Rossiyalik diniy ulamolar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qur'on va Injilni himoya qilish haqidagi qonun loyihasida ekstremistik deb topilmasligi kerak bo‘lgan diniy aqidalar ro‘yxatini kengaytirishni taklif qilishdi, deb xabar bermoqda RBK nashri.

Turkiyada 3 oy davomida terrorchilikda gumon qilinib 1673 kishi hisbga olindi>>

Turkiya politsiyasi 3 oy davomida terrorchilik faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilib 1673 kishini hibsga oldi, ulardan 1308 nafari Turkiyada man qilingan Kurdiston ishchi partiyasiga aloqadorlikda, 276 nafari IShIDga aloqadorlikda gumon qilinmoqda, deb aytdi 20 oktabrda Turkiya adliya vaziri Kenan Ipek.

AP: Makka yaqinidagi tiqilinch qurbonlari soni 2177 nafar bo‘lgan>>

24 sentabr kuni Makka yaqinidagi Mino vodiysida yuz bergan tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 2177 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press agentligi.

Moskva viloyatida amaldorlar o‘ldirib ketilgandan keyin politsiyaning butun shaxsiy tarkibi oyoqqa turg‘azildi>>

19 oktabrda Moskva viloyatining Krasnogorsk tumani rahbari birinchi o‘rinbosari Yuriy Karaulov va “Krasnogorsk elektr tarmoqlari” rahbari Georgiy Kotlyarenko tuman ma'muriyati binosida o‘ldirib ketildi.

Xitoy ijtimoiy tarmoqlari internetdan Kim Chen Inning kulgili suratlarini olib tashladi>>

Xitoy ijtimoiy tarmog‘i Weibo va Baidu qidiruv tizimi Xitoy rahbariyatining Pxenyanga tashrifi yuzasidan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning internetdagi hazil fotosuratlarini olib tashladi, deb ma'lum qilmoqda Mashable.

Bloomberg Rossiyaning Suriyadagi maqsadlari nimadan iboratligini aytdi>>

Kremlning Suriyadagi asl maqsadi prezident Bashar Asadga iloji boricha ko‘proq yo‘qotilgan hududlarni qaytarib olishida yordam berishdan iborat, deb yozmoqda noma'lum bo‘lib qolishni istagan rossiyalik rasmiy manbalarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi.

Arab davlatlari BMT XKdan Falastinni xalqaro himoya ostiga olishni so‘radi>>

Arab davlatlari BMT Xavfsizlik kengashidan Falastinni Isroil okkupatsiyasidan himoya qilishga qaratilgan choralarni ko‘rishni so‘radi. 

Putin: Agar IShID jangarilari Damashq va Bag‘dodni qo‘lga olishsa ular rasmiy hukumatga aylanishardi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro klubida chiqishi paytida shuni ma'lum qilib o‘tdiki, agar “Iroq va Shom islom davlati” terrorchilik tashkiloti Damashq va Bag‘dodni qo‘lga olishsa, ular rasmiy hukumat maqomini olishar edi.

Rossiya samolyotlari Suriyada 83 obektga zarba berdi>>

Rossiya aviaguruhi Suriyada bir kun davomida 83 aviazarbani amalga oshirdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov bayonot berdi.

OAV rasmiy Vashingtonning Suriyadagi harbiy kontingentini kengaytirmoqchiligidan xabar topdi>>

AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati Suriyada uchishlardan xoli hudud yaratishni va bu mamlakatdagi harbiy kontingenti miqdorini oshirish yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Oq uydagi manbasiga asoslanib, The New York Times nashri xabar bergan.

Putin islom va jangarilarning yolg‘oni o‘rtasida chegara tortishga chaqirdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro klubi sessiyasidagi nutqida islom va jangarilar yolg‘oni o‘rtasida aniq chegara bo‘lishi zarurligini aytdi.

«Portu»ning yosh futbolchisi Ruben Nevesh YeChL tarixiga kirdi>>

Portugaliyaning «Portu» jamoasi yosh futbolchisi Ruben Nevesh YeChL o‘yinida o‘z jamoasini sardor sifatida boshlab tushgan eng yosh futbolchiga aylandi.

CNN: IShID bilan bo‘lgan jangda AQSh ilk marta qurbon berdi>>

Amerikalik harbiy Iroqdagi asirlari qutqarish operatsiyasi chog‘ida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN.

Time: Pokiston 2015 yilda eng ko‘p yadro quroliga ega beshinchi davlatga aylanadi>>

Oradan 10 yil o‘tganidan so‘ng Pokiston eng ko‘p yadro quroliga ega bo‘lgan beshinchi davlatga aylanadi, deya xabar qildi Time jurnali Amerikadagi mustaqil tadqiqot tashkiloti ma'lumotlariga asoslangan holda.

Qozog‘istonda terroristlar koinotdan kuzatiladi>>

Ekstremist va terroristlarni qidirish, shuningdek, narkotik o‘simliklar yetishtirilishi mumkin bo‘lgan hududlarni monitoring qilish uchun Qozog‘iston sun'iy yo‘ldoshlaridan foydalanilishi mumkin. 

"Futbol qiroli" 75 yoshga to‘ldi>>

Bugun, 23 oktabr kuni braziliyalik afsonaviy futbolchi, Pele nomi bilan tanilgan Edson Arantis du Nasimentu 75 yoshini qarshiladi.

Yaponiya bosh vaziri Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo davlatlariga safarini boshladi>>

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo davlatlari: Turkmaniston, Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga (safar shu tartibda amalga oshiriladi) safarga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Iroq jangarilarga qarshi kurashda Rossiyadan yordam so‘rasa, AQSh ko‘magidan mahrum bo‘ladi>>

AQSh hukumati Iroqqa jangarilarga qarshi kurash ko‘rsatilayotgan yordamni to‘xtatishi mumkinligidan ogohlantirdi. Agar Iroq IShIDga qarshi kurashda Rossiyadan yordam so‘rasa va Rossiya Iroq hududiga kirsa, AQSh ko‘magidan mahrum bo‘ladi. 

Asad rossiyaliklarga yordam uchun minnatdorchilik bildirdi>>

Suriya prezidenti Bashar Asad rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaralar chog‘ida ko‘rsatilayotgan yordam uchun Rossiya hukumati va xalqiga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Kreml sayti orqali xabar qilindi.

Putin: Rossiya Suriyadagi siyosiy jarayonga yordam berishga tayyor>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin suriyalik hamkasbi Bashar Asad bilan Moskvada o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida Moskva mamlakat xalqiga nafaqat IShIDga qarshi kurashda, balki siyosiy jarayonlarni boshlashda ham yordam berishga tayyorligini ma'lum qildi.

Turkiya bosh vaziri Asadga Rossiyada qolishni maslahat berdi>>

Turkiya bosh vazir Ahmad Dovudo‘g‘lu Suriya prezidenti Bashar Asadga Rossiyadan qaytmaslikni maslahat qildi.

XXR raisi Britaniyaga tashrifi doirasida “Manchester Siti” jamoasi bazasiga tashrif buyurdi>>

Xitoy xalq Respublikasi prezidenti Si Tszinping bugun Angliyaning «Manchester Siti» klubi qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda «shaharliklar» rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

OAV: Roman Abramovich Gvardiola bilan uchrashib, uni "Chelsi"da ishlashga taklif qildi>>

Angliyaning «Chelsi» klubining navbatdagi bosh murabbiyi hozirda Germaniyaning «Bavariya» klubini boshqarayotgan Xosep Gvardiola bo‘lishi mumkin. Bu haqda Guardian nashri xabar tarqatdi.

Asad Suriyadagi prezidentlik saylovida ishtirok etishga tayyor>>

Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakat aholisining qo‘llab-quvvatlashi evaziga prezidentlik saylovida ishtirok etishga tayyor. Bu haqda RIA Novosti nashriga Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Yushenko ma'lum qilgan.

Toni Bler Iroqqa bostirib kirish IShIDning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lganini tan oldi>>

Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler AQSh va uning ittifoqchilarining 2003 yilda Iroqqa bostirib kirishi IShIDning paydo bo‘lishi sabablaridan biri bo‘lganini tan oldi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Amerikalik siyosatshunos Koen: AQSh ko‘p qutbli zamonaviy dunyo uchun muammoga aylanmoqda>>

Amerikalik siyosatshunos, Prinston universiteti professori Stiven Koen AQSh Sobiq ittifoq parchalangandan keyin olgan “dunyodagi yagona superdavlat” maqomini yo‘qotishdan qo‘rqadi, deb hisoblamoqda.   

Bosh Assambleya BMT tashkil topganining 70 yilligi munosabati bilan deklaratsiya qabul qildi>>

BMT Bosh Assambleyasi xalqaro tashkilot Ustavi kuchga kirganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan deklaratsiya qabul qildi.

Rossiya byudjyetiga muhojirlarga ishlash huquqini beradigan patentlardan 25 mlrd rubl tushdi>>

Rossiya Federal migratsiya xizmati Federal g‘aznachilik bilan birgalikda mehnat muhojirlariga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi patent uchun to‘lov amalga oshirilganini avtomatik identifikatsiyalash mexanizmini ishlab chiqdi.

Top