18:19 / 25.10.2015
10839

KUN.UZ dayjesti: haftaning eng asosiy xabarlari. O‘zbekiston (19-25 oktabr)

Hurmatli o‘quvchilar! Yurtimizda xafta davomida (19-25 oktabr) sodir bo‘lgan xabarlar xronikasini e'tiboringizga takroran havola etamiz.

Yevropa tashqi faoliyat xizmati Bosh kotibi O‘zbekistonga keldi>>

19 oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Yevropa tashqi faoliyat xizmati Bosh kotibi Alen Le Ruani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini avtotransport bilan eksport qilishga qisman ruxsat berildi>>

O‘zbekiston hukumati mamlakatga avtotransport vositalari yordamida meva-savbzavot mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 9 oktabrda qabul qilingan qarorida aytildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi ShHT doirasidagi yig‘ilishda ishtirok etish uchun Pekinga yo‘l oldi>>

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Xitoy poytaxti Pekin shahriga jo‘nab ketdi.

Toshkent tojikistonlik ovchilarga nisbatan qurol qo‘llanganini inkor qildi>>

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati davlat chegarasini muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmati 2015 yil 16 oktabr kuni o‘zbekistonlik chegarachilar tojikistonlik ovchilarga qarshi qurol qo‘llanganliklarini inkor qildi.

O‘zbekistonda YaIM o‘sishi 2015 yilda 8 foizga teng bo‘ldi>>

Joriy yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 8,0 foiz o‘sdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning yanvar-sentabr oylarida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag‘ishlangan majlisida ma'lum qilindi.

O‘zbekistonlik dzyudochi Shahzod Sobirov Parijdagi “Katta dubulg‘a” musobaqasida g‘olib bo‘ld>>

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Shahzod Sobirov Parijda bo‘lib o‘tgan “Katta dubulg‘a” seriyasining 3-bosqich musobaqalari g‘olibi bo‘ldi.

Oliy Majlisda Fransiya parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi>>

2015 yilning 19 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Fransiya Milliy Assambleyasidagi “Fransiya-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Filipp Mene boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot xizmati xabar bergan.

O‘zbekiston internet orqali ekstremistlarni aniqlashni boshladi>>

O‘zbekistonning huquq-tartibot organlari ekstremistik guruhlarning internetdagi faolligini inobatga olgan holda bu yo‘nalishga ham o‘z xatti-harakatlarini qaratmoqda. Jumladan, oktbyar oyi mobaynida Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida internet orqali odamlarni yollashga bo‘lgan harakatlar amalga oshirilayotganligi fosh etildi.

O‘zbekiston va Shveytsariya o‘rtasida imzolangan soliqqa oid bitim kuchga kirdi>>

2015 yilning 14 oktabr kuni 2014 yil 1 iyulda Bern shahrida (Shveytsariya) imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shveytsariya Federal Kengashi o‘rtasida daromad va kapitalning ikki yoqlama soliqqa tortilishini oldini olish to‘g‘risidagi 2002 yil 3 aprelda imzolangan Bitimga hamda uning Bayonnomasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma kuchga kirdi.

O‘tgan 9 oyda O‘zbekistonda 748,7 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi>>

O‘zekistonda 2015 yilning 9 oyi davomida 748,7 mingta yangi ish o‘rinlari, shu jumladan, qishloq joylarda 451,6 mingta yangi ish o‘rni tashkil etildi. Bu haqda 19 oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini tahliliga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlisda ma'lum qilindi.

Mirjalol Qosimov BAAga uchib ketdi>>

Kecha O‘zbekiston kubogidan mahrum bo‘lgan "Bunyodkor" bugundan o‘ziga yangi murabbiy qidirishni boshlab yuborgan bo‘lsa ajab emas.

O‘zbekiston xalqaro tibbiy-sanitar qoidalarni joriy qilmoqda>>

Ushbu qoidalar 2005 yilning 23 mayida Xalqaro sog‘liqni saqlash assambleyasining 58-sessiyasida qabul qilingan bo‘lib, 2007 yilda kuchga kirdi.

Farg‘onada to‘rt egizak dunyoga keldi>>

Bahromjon va Nasibaxon Yakubovlar oilasida besh va uch yoshli qizaloqlar tarbiyalanayotgan edi. Endi ular safiga uch nafar o‘g‘il va yana bir qizaloq qo‘shildi.

O‘zbekiston TIVda Yaponiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi>>

2015 yilning 19 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yaponiya favqulodda va muxtor elchisi Fumihiko Katoni qabul qildi.

Turkmaniston va O‘zbekiston Afg‘oniston chegarasini mudofaa qilishda hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda>>

Yaqinda Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan voqealar Turkmaniston-O‘zbekiston sammitida atroflicha muhokama qilindi. Tahlilchilarning fikricha, voqealar Turkmaniston chegarasiga bevosita yaqin hududlarda sodir bo‘lgani bois har ikki tomon ham bu muammoga katta e'tibor qaratgan.

O‘zbekistonlik 9 nafar murabbiy FIBA litsenziyasini olish uchun nomzod>>

Navoiyda Xalqaro basketbol federatsiyalari assotsiatsiyasining (FIBA) murabbiylar uchun xalqaro seminari o‘tkazildi. Unda FIBA`ning serbiyalik instruktori Milan Kotarats O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan basketbol sporti bo‘yicha murabbiylarni o‘z bilimlari bilan tanishtirdi.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkentning ba'zi tumanlarida gaz bosimi kamaygani muhokama qilindi>>

O‘tgan dam olish kunlari (17-18 oktabr) O‘zbekistonda kuzatilgan yog‘ingarchiliklar hamda havo haroratining pasayishi tabiiy gaz bosimining ham pasayishiga ta'sir etdi.

Toshkentda Sanoatchilar forumi ochildi>>

Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz”da “Markaziy Osiyo sanoat haftaligi – Central Asian Industrial Week – 2015” xalqaro loyihasi doirasida yettita ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda. 

O‘zbekiston Olimpiya-2016 o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi beshinchi letsinziyani qo‘lga kiritdi>>

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining ma'lum qilishicha, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Bobur Shokirjonov Dushanbeda o‘tgan “Tojikiston federatsiya kubogi-2015” musobaqasida qatnashib, nayza uloqtirish bo‘yicha 84,24 metr masofani qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. U bu bilan 2016 yilda Rio de Janeyro (Braziliya)da o‘tadigan olimpiya o‘yinlariga ham yo‘llanmani naqd qildi.

Fransua Olland Islom Karimovni Parijga taklif qildi>>

Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha Fransiya elchisi Beranjyer Kensi  Fransiya delegatsiyasi tarkibida O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston TIVda Fransiya Milliy assambleyasi deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazildi>>

Fransiya Milliy assambleyasi deputati, Milliy assambleyadagi «Fransiya – O‘zbekiston» parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Filipp Myone rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

O‘zbek olimlari toliqish holatining oldini oluvchi vositani olish usulini ixtiro qilishdi>>

O‘zbekistonda toliqish holatining oldini oluvchi vositani olish usuli ixtiro qilindi. Mazkur usul Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan taklif etildi.

O‘zbekistonning agrar sektorida 31.8 trln so‘mlik mahsulot yetishtirildi>>

2015 yilning boshidan beri 9 oy mobaynida O‘zbekistonda 31.8 trln so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirildi. Bu haqda davlat statistika qo‘mitasi ma'lumot berdi.

Qoraqalpog‘istonlik dzyudochi qizlar Osiyo chempionati g‘oliblari bo‘lishdi>>

Dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Qirg‘izistonda o‘tkazilgan Osiyo kubogi musobaqasida qoraqalpog‘istonlik uch nafar sportchi-qiz sovrinli o‘rinlarni egalladi.

O‘zbekistonlik mehnatkashlar 2015 yilda 3 mln 350 ming tonnadan ziyod paxta topshirishdi>>

O‘zbekistonda 2015 yilgi paxta mavsumida dalalardan 3 mln 350 ming tonnadan ziyod paxta mahsuloti yig‘ishtirib olindi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov dehqonlar va fermerlarga yo‘llagan tabrigida aytib o‘tgan.

O‘zbekiston eksportida yigirilgan paxta ipi asosiy o‘rin egallamoqda>>

O‘zbekistonda paxta va paxta mahsulotlari eksportining 61 foizini yigirilgan paxta ipi tashkil qilmoqda. Bu ma'lumot 15-16 oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan XI Xalqaro paxta va tekstil yarmarkasida keltirildi.

O‘zbekiston aholisining real daromadi 11,6 foizga oshgani xabar qilindi>>

2015 yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining real umumiy ichki daromadi 11,6 foizga oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.

2015 yilda O‘zbekiston aholisi uchun 27,5 ming tonna ko‘mir briketi mahsuloti yetkazib berildi>>

O‘zbekistonda oxirgi bir yarim yil ichida ko‘mir briketlari ishlab chiqaruvchi 31 fabrika ishga tushirilgan. Ularning umumiy quvvati yiliga 240 ming tonna ko‘mir ishlab chiqarish layoqatiga ega, deb ma'lumot beradi “O‘zbekko‘mir” bosh direktori Nosirjon Umarov.

O‘zbekistonda yo‘l qoidalarini buzgan piyodalar jarimaga tortiladi>>

O‘zbekiston IIV yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ko‘riladigan ma'muriy jazo choralariga o‘zgartishlar kiritildi. Sputnik agentligi adliya vazirligiga murojaat qilib, bu borada izohlar so‘radi.

O‘zbekiston yengil sanoati 2019 yilga qadar 1 mlrd dollar investitsiya o‘zlashtiradi>>

O‘zbekiston yengil sanoat korxonalari 2019 yil oxiriga qadar 2015-2019 yillarda tekstil va yengil sanoatni rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 1 mlrd dollardan oshadigan investitsion loyihalarning 80 foizini o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda.

Toshkent va Anqara o‘zaro hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama qilishdi>>

2015 yilning 20 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Turkiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Namik Guner Erpul bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Toshkent metropolitenining Chilonzor liniyasida 18 kilometrlik rels yangilandi>>

Milliy matbuot markazida metropoliten infratuzilmasini takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yo‘lovchilar xavfsizligini ta'minlash va ularga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston vakillari dunyoning eng kuchli dzyudochilari qatorida qayd etildi>>

Xalqaro dzyudo federatsiyasi Parij shahri (Fransiya)da bo‘lib o‘tgan “Ulkan toj” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirdan so‘ng dunyoning yangi reyting jadvalini e'lon qildi.

Islom Karimov Ichki ishlar idoralari xodimlarining bir guruhini mukofotladi>>

2015 yil 22 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida” farmonni imzoladi. Farmon matni O‘zA saytida e'lon qilindi.

Toshkentda isitish mavsumi boshlandi>>

Toshkent shahar hokimi joriy yilning 21 oktabr kuni “Toshkent shahrida 2015-2016 yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va issiqlik energiyasi bilan ta'minlash to‘g‘risida”gi 910-sonli qarorini imzoladi.

Doxadagi yengil atletika bo‘yicha Jahon Chempionatida o‘zbekistonlik paralimpiyachilar ilk medalni qo‘lga kiritdi>>

Joriy yilning 21-31 oktabr kunlari Qatarning Doxa shahrida bo‘lib o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha Jahon Chempionatida paralimpiya sportchilarimiz ilk g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

Polsha bilan yaratilgan yangi qo‘shma korxona O‘zbekistonda yo‘llarni ta'mirlash bilan shug‘ullanadi>>

O‘zbekistonda birdaniga ikkita O‘zbekiston-Polsha qo‘shma korxonasi ochish rejalashtirilmoqda. Ulardan biri deyarli tashkil etib bo‘lingan hamda yo‘llarni ta'mirlash bilan shug‘ullanadi, ikkinchisi esa tog‘-konchiligi sohasida faoliyat olib boradi. Bu haqda Polshaning Toshkentdagi elchixonasi savdo va investitsiyalarga ko‘mak berish bo‘limidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Sputnik nashri ma'lum qildi.  

O‘zbekistonda bu yilgi paxta hosilidan 1,6 mln tonna urug‘lik olinishi rejalashtirilgan>>

O‘zbekistonda yetishtirilgan bu yilgi paxta xomashyosidan (3,35 mln tonna) 1 mln tonna tola, 1,6 mln tonna urug‘lik va 80 ming. tonna lint olinishi rejalashtirilgan. 

O‘zbekistonda faoliyat olib borgan «inson huquqlari himoyachisi» soxta hisobot tayyorlagan>>

Rossiyalik jurnalist Maksim Pereverzev Inson huquqlari tashkilotlaridan birining O‘zbekistondagi agentining faoliyati yuzasidan kichik tekshiruv olib bordi. Uning tekshiruvlari natijasi «Webantenne.com» saytida chop etildi.

O‘zbekiston-Yaponiya: Strategik hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lida>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe 2015 yil 24-26 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar qildi.

XVJ O‘zbekiston gaz eksportini Rossiyadan Xitoyga yo‘naltirganini muvaffaqiyatli deb atadi>>

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) O‘zbekiston YaIMning 2016 yildagi o‘sishi bashoratini 7 foiz darajasida qoldirdi. Bunga uzoq muddatli gaz yetkazib berish Rossiyadan Xitoyga o‘z vaqtida yo‘naltirilgani sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston uran xomashyo bazasini oshiradi>>

O‘zbekiston yaqin 5-7 yil ichida uranning mineral-xomashyo bazasini bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hisobiga anchagina oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Davlat geologiya qo‘mitasidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Sputnik nashri xabar bermoqda.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonning gaz eksportida Rossiyadan Xitoyga yuzlanayotganini aytdi>>

Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2016 yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishi bashoratlarini 7 foiz darajasida saqlab qoldi. Shuningdek, u O‘zbekiston gaz eksportida muvaffaqiyatli ravishda Rossiyadan XXRga “yuzlangani” ta'kidlandi.

Yaponiya matbuotida Abening O‘zbekistonga tashrifiga bag‘ishlangan maqola chop etildi>>

Yaponiya matbuotidagi yetakchi nashrlardan biri Nikkei gazetasi Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abening 24-26 oktabr kunlarida O‘zbekistonga uyushtirgan rasmiy tashrifiga bag‘ishlangan maqola yozdi.

Jahon banki 2020 yilgacha O‘zbekistonga 4 mlrd dollar taqdim qilishi mumkin>>

Jahon banki 2020 yilgacha O‘zbekistonga 2016-2020 yilga mo‘ljallangan hamkorlikning yangi strategiyasi doirasida 4 mlrd dollarlik kreditlar taqdim qilishi mumkin. 

Yaponiya bosh vaziri Toshkentga yetib keldi>>

24 oktabrda kechki payt O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe yetib keldi, deb xabar bermoqda O‘zA agentligi. Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

O‘zbekistonda noqonuniy tekshirishlar miqdori 1 yil ichida 1,9 baravar kamaydi>>

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida adliya organlari va muassasalari tomonidan 2015 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Toshkent metrosi loyihachilari “yengil metro” loyihasi ustida ish olib borishmoqda>>

Toshkent metrosining Sirg‘ali liniyasi qurilishi bilan “Metroloyiha” loyihalash instituti shug‘ullanmoqda. Bu haqda Uzbekistan Today nashriga “Toshkent metropoliteni” DUK bosh muhandisi Baxtiyor G‘ulomov ma'lum qildi.

O‘zbekistonlik kurashchilar Krasnoyarskdagi turnirda yana 3ta medal olishdi>>

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida rossiyalik kurashchi, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Buvaysar Saytiyev mukofotlari uchun o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi xalqaro musobaqa o‘tkazildi. 


Top