20:38 / 25.10.2015
13802

KUN.UZ dayjesti: Haftaning eng qiziqarli xabarlari (19-25 oktabr)

Hurmatli o‘quvchilar, tugayotgan haftada (19-25 oktabr) ro‘y bergan eng qiziqarli yangiliklarni takroran havola etamiz.

LG va Samsung 2016 yilda yig‘iladigan displeyli smartfonlarini taqdim etadi>>

Janubiy Afrikadagi BMW zavodi go‘ngdan quvvat oladi>>

BMW kompaniyasining Janubiy Afrikadagi bo‘linmasi mashinalar uchun talab etiladigan quvvatning bir qismini sigirlar go‘ngini qayta olishdan olinadigan energiyadan olishni boshlaydi. Bu haqda Bloomberg xabar qildi.

Amerikada uch g‘ildirakli arzon elektromobil namoyish etildi>>

AQShning Arcimoto kompaniyasi SKR deb nomlangan shahar elektromobilini namoyish etdi. Uch g‘ildirakli avtomobil ikki yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, narxi 11900 dollarni tashkil etadi.

"Kelajakka qaytish 2": 2015 yilning 21 oktabridagi bashoratlarning bugungi qiyofasi>>

Mana, “Kelajakka qaytish” filmi qahramonlari Martin va Dok borib qolgan 2015 yilning 21 oktabriga qadar yetib keldik.

Hyundai kompaniyasi Tucson krossoveri tomida chodir o‘rnatdi>>

Hyundai kompaniyasi yangi avloddagi Tucson krossoverining navbatdagi versiyasini namoyish qildi. Avtomobilning bu versiya SEMA tyuning-shousi uchun maxsus tayyorlangan. Sayohat qilish ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan mashina tyunerchi va fotosuratchi Jon Pangilinan bilan hamkorlikda yaratilgan.

Adidas avtomatik ravishda poyafzallar ishlab chiqaradigan fabrika ochadi>>

Sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi 2016 yilda Germaniyada butunlay avtomatik ravishda ishlaydigan fabrika ochadi, deb ma'lum qilmoqda Huffington Post.

Yangi Samsung Galaxy S7 2016 yil yanvarida namoyish qilinadi>>

Janubiy koreyalik insayderlar ma'lumotlariga ko‘ra, Samsung kompaniyasining yangi Samsung Galaxy S7 smartfonini 2016 yilning yanvar oyida ko‘rish mumkin bo‘ladi, deb xabar bermoqda GSM Arena nashri.     

Britaniyada Wi-Fi trotuar orasiga o‘rnatilmoqda>>

Virgin Media telekommunikatsion kompaniyasi Britaniyaniing Chesham shahrida trotuar orasiga o‘rnatiladigan Wi-Fi’dan foydalanish loyihasini amalga oshirmoqda. Bu haqda kompaniyaning blogida ma'lum qilindi.

BMTning 70 yilligi munosabati bilan Yer yuzidagi ko‘plab binolar ko‘k rangda yoritiladi>>

24 oktabr kuni BMTning 70 yilligi munosabati bilan dunyoning 60dan ortiq mamlakatida “Dunyoni BMTning ko‘k rangiga bo‘ya” kampaniyasi bo‘lib o‘tadi.

35 km/soniya tezlikda harakatlanayotgan 2015 TB145 asteroidi 31 oktabrda Yerga rekord darajada yaqin keladi>>

NASA mutaxassislari 31 oktabr kuni Yerga rekord darajada yaqin keladigan ulkan 2015 TB145 asteroidini aniqlashdi. Uning diametri 300 metrdan 600 metrgacha keladi. U 35 km/soniya tezlikda harakat qilmoqda.

Barak Obama respublikachilarni internetda mashhur mem Badjahl mushukchaga qiyosladi>>

AQSh prezidenti Barak Obama Respublikachilar partiyasi vakillarini internetda mashhur mem Badjahl mushukchaga qiyosladi, deb ma'lum qildi ABC News telekanali.  

Ijtimoiy tarmoqlarda “Avtotest” avtomaktabi haydovchisi yo‘lda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygani suratlari paydo bo‘ldi>>

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan “Avtotest” innovatsion avtomaktabiga tegishli o‘quv mashinasi poytaxt ko‘chalardan birida yo‘l o‘rtasidagi bosish taqiqlangan ikkita taqiqlovchi chiziqni bosib o‘tayotgani aks etgan suratlar chop etildi. Va, tabiiyki, bu surat foydalanuvchilar orasida katta bahs-munozaraga sabab bo‘ldi. 

Isroilliklar “Temir nur” deb nomlangan jangovor lazer tizimini namoyish qildi>>

Isroilning Rafael Advanced Defense System kompaniyasi Seuldagi ko‘rgazmada “Temir nur” deb nomlangan jangovor lazer tizimini namoyish qildi, deb xabar bermoqda Jane's 360 nashri.

Zara asoschisi Forbes talqini bo‘yicha yer yuzidagi eng boy kishi deb topildi>>

Inditex kompaniyasi (Zara tarmoqlari va boshqalar) rahbari Amansio Ortega ilk bor Forbes jurnalining “ayni damda” talqini bo‘yicha jahonning eng boy kishilaridan biri bo‘ldi.

Amerikalik o‘z ma'shuqasining uyini yoqib yubordi va uning tomida raqsga tushdi>>

Indiana shtatida yashovchi AQShlik fuqaro o‘z ixtiyori bilan mashinasini pachoqladi, ma'shuqasining uyiga o‘t qo‘yib yubordi va qo‘lida pichoq bilan yonayotgan uy tomida raqsga tushdi, deb xabar bermoqda The Daily Mail. Voqealar rivojini RTV6 telekanali muxbiri olgan videotasvirda ham ko‘rish mumkin.

Odessa bojxonasining yangi rahbari 2014 yilda hech qanday maosh olmaganini ma'lum qildi>>

Ukrainaning Odessa viloyati bojxonasining yangi rahbari Yuliya Marushevskaya 2014 yil uchun 32 ming 847 griven daromad olganini deklaratsiya qildi. Bu deklaratsiya Odessa viloyati ma'muriyati saytida chop etilgan bo‘lib, Marushevskaya yaqingacha bu yerda rahbar Mixail Saakashvilining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Qozog‘istonning eng ilg‘or cho‘poni qo‘y-qo‘zi nazoratida drondan foydalanmoqda>>

Qozog‘istonning Jambul viloyatida yashovchi cho‘pon Yerasil qo‘ylarini boshqarish va suruvni kuzatib turish uchun dronlardan foydalanib kelmoqda. Bu haqda mahalliy blogerlardan biri xabar qildi.

Dubayda 3D Ka'ba soatlarda namoyish etildi>>

Birlashgan arab amirliklarining Dubay shahrida mashhur soatsoz usta Kristof Klaret (Cristophe Claret)ning "lyuks" toifasidagi qimmatbaho soatlari namoyishga qo‘yildi.

Qozog‘istonlik ayol suriyalik eri va bolalari bilan Sheremetevo aeroportida 1,5 oy yashadi>>

Rossiya davlat dumasi vitse-spikeri Nikolay Levichev FMX (Federal Migratsiya xizmati) rahbari Konstantin Romodanovskiyga Rossiya Federatsiyasi hududidan 1,5 oy davomida Moskvaning Sheremetevo aeroportida yashab kelgan suriyalik qochqinlarga boshpana berish bo‘yicha so‘rov jo‘natdi.

Shvetsiya qirg‘oqlaridan Pyotr I ning 300 yil muqaddam cho‘kib ketgan fregati qoldiqlari topildi>>

Yaqinda Shvetsiya qirg‘oqlaridan Rossiya imperatori Pyotr I armiyasiga talluqli bo‘lgan fregat qoldiqlari topildi. Topilmalarning yoshi olimlar tomonidan 300 yil deb baholandi. Tarixchi olim Aleksey Mixaylovning TASS ga ma'lum qilishicha, 1725 yilning 27 sentabr kuni miperatorga taaluqli bo‘lgan kema tabiiy ofat tufayli dngizda g‘arq bo‘lgan.

Putin "Valday" klubi yig‘ilishiga yashil Lada Vesta avtomobilini minib keldi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Valday" klubining 12-yig‘ilishida ishtirok etish uchun klub hududiga «AvtoVAZ» kompaniyasining yangi mahsuloti bo‘lmish Lada Vesta mashinasini boshqarib kirib keldi.

Ko‘p ovqat yegan va golf o‘ynagan xitoylik amaldorlar jazoga tortiladi>>

Xitoy kommunistik partiyasi davlat xizmatchilarining xulq-atvori to‘g‘risidagi qoidalarni kuchaytirdi. Endilikda korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida amaldorlarga ko‘p taom iste'mol qilish va golf o‘ynash taqiqlandi, deya xabar berdi Reuters.

Galapagosda toshbaqaning yangi turi aniqlandi>>

Zoologlar Ekvadorga qarashli Galapagos orollari hududida quruqlik toshbaqasining yangi turini uchratishdi. Bu ulkan toshbaqa mansub bo‘lgan turga Chelonoidis donfaustoi nomi berilgan.

Astronomlar “O‘lim yulduzi” yemirayotgan sayyoralarni tasvirga oldi>>

Amerikalik astronomlar yirik sayyoralarning oq karlik yulduz atrofidagi “o‘lim spirali” domiga tushib, barbod bo‘layotganini suratga olishdi. Bu haqda Nature jurnali ma'lum qildi.

Xitoyda o‘ta kuchli mushaklarga ega mutant-itlar yetishtirildi>>

Guanchjoulik olimlar kuchuklarga gen muhandisligi yordamida o‘ta kuchli mushaklarni taqdim etishdi. Bu haqda The Independent xabar qildi.

Britaniyalik ayol chiroqning topshirig‘iga ko‘ra hamxonasini urib o‘ldirdi>>

36 yoshli britaniyalik Shelli Kristofer o‘zining 42 yoshli hamxonasi Richardni vampir (ayrim xalqlar e'tiqodiga ko‘ra qon so‘ruvchi arvoh)ga aylanmasligi uchun yog‘och to‘qmoq bilan 29 marta kaltaklagan. Uning Sofiya ismli qiziga ham olti marta zarba bergan.

Olimlar dekabrda homilador bo‘lgan ayollardan eng sog‘lom bolalar tug‘ilishini aniqlashdi>>

AQShning Indiana universiteti olimlari homilador bo‘lish oyi va tug‘iladigan bolaning salomatligi o‘rtasida o‘zaro aloqa borligini aniqlashdi. Olimlarning ta'kidlashicha, dekabrda homilador bo‘lgan ayollardan eng sog‘lom bolalar tug‘ilar ekan.

Ilk "bulutli" smartfonga buyurtmalar qabul qilina boshlandi>>

Nextbit tomonidan yaratilgan ilk “bulutli” Robin smartfoniga Kickstarter saytida buyurtma qabul qilish boshlandi.

Kim oshdi savdosida "Titanik" halokatiga sabab bo‘lgan aysbergning fotosurati 21 ming funtga sotildi>>

Buyuk Britaniyaning Uiltsher auksionida "Titanik" kemasi falokatiga sabab bo‘lgan aysberg fotosurati 21 ming funt sterling evaziga sotildi. Bu haqda "SKY" telekanali ma'lum qilgan.

2015 yil so‘nggi 136 yil ichidagi eng issiq yil deb topildi>>

2015 yilning yanvar-sentabr oylari oralig‘ida okean usti hamda quruqlikdagi o‘rtacha havo harorati 136 yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Yangi iPhone 7 smartfonining afsonaviy sirlari>>

Apple kompaniyasi yangi iPhone 6s smartfonini taqdim etganiga ikki oy ham to‘lmasi, OAVlar kompaniyaning yangi smartfoni fragmenti haqida bong urishni boshlashdi. Mutaxassislar iPhone 7 da “Home” tugmachasi bo‘lmasligi va qurilmaning ekrani yanada katta bo‘lishi aniqlashdi.

Bir juft tyulen FaceTime yordamida o‘zaro muloqotga kirishyapti>>

Sidja va Beybifeys ismli tyulenlar iPad ning FaceTime qurilmasi yordamida o‘zaro muloqotga kirishyapti, deb ma'lum qilmoqda Mashable.

Rassom Chikagodagi tashlandiq binodan mo‘'jiza yaratdi>>

Rassom Tister Geyts 1 dollar evaziga Chikagodagi tashlandiq bank binosini sotib oldi va unga 3,7 million dollar pul sarflab, qayta ta'mirladi. Bino arxitektura yodgorligiga aylantirildi.

Eng yorqin tabassumlar aks etgan fotosuratlar saralandi>>

Turli fotorassomlar tomonidan ishlangan fotosuratlar orasidan eng samimiy va eng yorqin qiyofalar tanlab olindi.

Forbes eng ko‘p maosh oladigan qiziqchilar nomini e'lon qildi>>

Forbes nashri 2015 yildagi eng omadli komediya aktyorlari reytingini oshkor qildi. «Saynfeld» va «Saynfeld do‘stlari bilan kofe izlashda» teleseriallari orqali mashhur bo‘lgan amerikalik stendap-komik Jyerri Saynfeld mazkur ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan o‘rin egalladi.

Xitoylik 14 ming dollar evaziga Yelizaveta II karetasining nusxasini yasattirdi>>

Xitoyning Gansu viloyatida yashovchi kishi Buyuk Britaniya qirollik oilasiga tegishli muhtasham kareta ko‘rinishidagi ot-arava uchun 14 ming dollar sarfladi. Bu haqda Shanghaiist xabar bergan.

Sochi hayvonot bog‘ida yo‘lbars bolalarini ona it boqmoqda>>

Sochi hayvonot bog‘ida ona it uch yo‘lbars bolasini to‘ydirmoqda. Yo‘lbarsvachchalar 18 oktabr kuni dunyoga kelishdi. Ularga Izi laqabli it onalik qilmoqda.

Har kuni 2,5 kilogram Chili garmdorisini iste'mol qiladigan g‘aroyib xitoylik>>

Yongzida hali o‘smirlik paytidayoq g‘aroyib odat shakllandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda u go‘sht va tuxumsix yashashi mumkinligi, achchiq mahsulotlar uning jon-dili ekanligini tushunib yetdi. «Odatda odamlar ertalab o‘rinlaridan turishgach, tishlarini tozalashadi, ammo mening qiladigan birinchi ishim chili garmdorisini tanovul qilish bo‘ladi», – deydi Li Yongzi. Uning aytishicha, achchiq ta'mga ega bo‘lmagan har qanday taom u uchun mazasiz masalliqdir.

Shukrullo Isroilov to‘ng‘ich o‘g‘lini uylantirdi>>

20 oktabr kuni o‘zbekistonlik so‘z ustasi Shukrullo Isroilov o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘lini uylantirdi. To‘y marosimi poytaxtimizdagi Osiyo Grand to‘yxonasida bo‘lib o‘tdi.

Samsung ishchilarning o‘rnini bosadigan robotlar ishlab chiqaruvchi fabrika ochmoqda>>

Samsung kompaniyasi Janubiy Koreya hukumatidan robotlar ishlab chiqaruvchi fabrika qurish uchun investitsiya oldi. Bu robotlar kompaniyada ishlovchi Xitoyning arzon ishchi kuchining o‘rnini egallashi lozim, deb xabar bermoqda Wired nashri.

AQShdagi eng uzun oyoqli qiz>>

Amerikalik Xolli Bert AQShdagi eng uzun oyoli qiz hisoblanadi. The Daily Mail nashrining xabar berishicha, Bert boshida o‘zining bu tuzilishidan sabr qilgan edi, endi u Ginnesning rekordlari kitobiga kirishga tayyor turibdi. 20 yoshli floridalik qizning ma'lum qilishicha, maktabda o‘qib yurgan kezlarida uni “daraxt”, “jirafa” va “uzunoyoq” deb mazax qilishgan. Vaziyat qiz tarafga bundan ikki yil burun o‘zgardi.

Madagaskar aholisining uchdan biri “mushukxo‘rlar” bo‘lib chiqdi>>

AQShlik, tanzaniyalik va madagaskarlik olimlar guruhi Madagaskar aholisining uchdan biri vaqti-vaqti bilan mushuk tanovul qilib turishini aniqladi. Ular bozordan sotib olingan o‘lik mushuklarni emas, balki o‘zlarining uylaridagi, sovg‘aga olingan yoki ov qilib tutilgan yovvoyi mushuklarni iste'mol qilishni afzal ko‘rishadi. 

Xonandalar Dilso‘z va Farrux Raimov 4 yil oldin turmush qurishgani ma'lum bo‘ldi>>

Ijtimoiy tarmoqlarda hamon xonandalar Dilso‘z va Farrux Raimov atrofidagi g‘iybatlar davom etmoqda.

“Kelajakka qaytish” filmidagi Dok Braun Facebook foydalanuvchilariga murojaatnoma yo‘lladi>>

“Kelajakka qaytish” film-trilogiyasining asosiy qahramonlaridan bo‘lmish Dok Braun (aktyor Kristofer Lloyd ijrosida) Facebook foydalanuvchilariga murojaatnoma yo‘lladi.

Manba: Noyabr oyida Oybek va Nigoraning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tadi>>

2015 yilning noyabr oyida o‘zbek estrada vakillari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari – Oybek Alimov hamda Nigora Ismoilovaning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda kun.uz saytining ishonchli axborot manbasi xabar qildi.

Barak va Mishel Obama Asherning tug‘ilgan kunida kuylashdi (video)>>

14 oktabr kuni qo‘shiqchi va prodyuser Asherning 37 yoshli tantanasi bo‘lib o‘tdi.
20 oktabrda AQSh gumanitar milliy taraqqiyot fondining 50 yilligi munosabati bilan Oq uyga taklif qilingan Asher bilan birgalikda Barak va Mishel Obamlar qo‘shilib kuylashdi. Unda Asherning mashhur Happy Birthday To You kuylandi.

Dima Bilan bilan: oligarx Nikolay Sarkisovning rafiqasi mashhur xonandani "sotib oldi">>

Rossiyalik oligarx Nikolay Sarkisovning rafiqasi Yuliya qo‘shiqchi Dima Bilan davrasida kechani o‘tkazish huquqi uchun yarim million rubl to‘ladi. Aytilishicha, u model Yelena Perminova o‘tkazgan xayriya kim oshdi savdosida 33 yoshli xonanda bilan uchrashish huquqini sotib olgan.

Shvetsiyalik dizayner yog‘ochdan 1984 yilgi Apple kompyuteri nusxasini yasadi>>

Shvetsiyalik dizayner Love Xulten yog‘ochdan 1984 yilda Apple kompaniyasi tomonidan yaratilgan Macintosh 128K shaxsiy kompyuterining birga-bir o‘lchamdagi nusxasini yasadi.

Top