Jahon | 17:29 / 25.10.2015
6248
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: Suriya armiyasi “Jibhad an-Nusra” yetakchilaridan yana birini yo‘q qildi

Suriyaning shimoli-sharqidagi Hama shahri yaqinida mamlakat armiyasi tomonidan “Jibhad an-Nusra” terrorchilik guruhi yetakchisi Ali at-Turkiy yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbaga iqtibos keltirgan holda Sputnik nashri.

"Muhojir laqabli qo‘mondon Ali at-Turkiy o‘ldirildi. U kelib chiqishiga ko‘ra turk millatiga mansub edi", deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq, ushbu guruhning misrlik yetakchisi Sulaymon al-Masriy yo‘q qilingani haqida xabar berilgandi.

Undan avvalroq esa Suriyada “Al-Qoida” tarkibiga kiruvchi “Xurason” guruhi yetakchilaridan biri Sanafi an-Nasra o‘ldirilgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish