00:07 / 25.10.2015
3664

Mast britaniyalik ayol samolyotning falokatga uchrashini tilagani uchun reysdan olindi

Buyuk Britaniya fuqarosi bo‘lgan ayol shubhali xatti-harakatlari uchun reysdan olindi, deb xabar bermoqda AirLife nashri.

Kubadan Manchesterga kelayotgan reysdagi yo‘lovchilardan biri o‘zini nomaqbul tuta boshlagan. Ayol mast holatda samolyot qulashini istashini aytib baqirgan.

Qayd etilishicha, voqea paytida samolyot uchish yo‘lagida bo‘lgan, biroq uchuvchi aeroportga qaytishga qaror qilgan. Shu sababli parvoz bir soatga ushlangan.

Ma'lum qilinishicha, ayol politsiya xodimlari tomonidan hibsga olingan.

Top