Jahon | 08:42 / 25.10.2015
1954
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikaning eng yirik yuk porti “Patrisiya” to‘fonidan keyin yana ishini boshladi

Meksikaning eng yirik yuk porti Mansanilo “Patrisiya” to‘foni Meksikaning janubi-g‘arbiy tumanlaridan o‘tgandan keyin yana o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Meksika aloqa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatning yana bir Lazaro Kardenas porti 24 oktabrda ertalabdan yuk kemalariga xizmat ko‘rsatishni boshlagan.

Puerto-Valyarta kurort shahridagi port shu kunning o‘zida peshin vaqtida ochilgan.

Avvalroq eng yuqori – 5-xavflik darajasi berilgan “Patrisiya”ning Meksikaga yaqinlashishi oldidan sohilbo‘yida yashovchi 50 ming kishi evakuatsiya qilingani ma'lum qilingandi.  

AQSh to‘fonlarni kuzatish milliy markazi ma'lumotlariga ko‘ra, ayni paytda “Patrisiya” to‘foni kuchi tropik bo‘rongacha kamaygan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish