23:03 / 25.10.2015
3999

Netanyaxu Suriyaga uchib ketgan arablarni fuqarolikdan mahrum etishini ma'lum qildi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Suriyaga uchib ketgan isroillik arablarni fuqarolikdan mahrum etishga va'da berdi.

Voqea Suriya-Isroil chegarasi kesishmasi o‘tgan Golan tepaligida Isroil harbiylarining olib borgan operatsiyalaridan so‘ng yuz berdi. Yakshanba kuni ertalab esa chegarani yanada mustahkamlash uchun ushbu qaror kuchga kirdi.

"Biz Dayesh, (IShID terrorchilik guruhining arab tilida atalishi) “Jabhat an-Nusra” va boshqa terrorchilik guruhlariga qarshi bo‘layotgan kurashlarning barchasini ko‘rib turibmiz. Kuni kecha isroillik fuqarolar terrorchililarga qo‘shilish maqsadida Golan tepaligidagi chegaradan o‘tib, Suriyaga yo‘l olishdi. Biz ularni fuqarolikdan o‘chirish chora-tadbirlarini qo‘lladik, — dedi Netanyaxu. — Bunga qarshi shunday yo‘l tutiladi. Kim Isroilga qarshi dushmanlar tarafidan turib jang qilarkan, uning fuqarosi bo‘lmaydi ".

Top