Jamiyat | 09:29 / 25.10.2015
3033
1 daqiqa o‘qiladi

Oklaxoma universitetidagi bayram tadbiri joyiga mashina bostirib kirib, 4 talaba halok bo‘ldi

Oklaxoma shtati universitetida ro‘y bergan fojia qurbonlari soni 4 nafarni tashkil etmoqda.

Mahalliy politsiyaning ma'lumotiga ko‘ra, universitet hududida bayram uyushtirilgan mahalda bu joyga politsiyadan qochayotgan haydovchi katta tezlik bilan kirib kelgan.

Natijada 4 kishi mashina ostida qolib halok bo‘lgan va 40dan ortiq kishi jarohatlangan.

Guvohlarning ma'lum qilishicha, bu mashina ortidan politsiya ham voqea joyiga kirib kelgan. Avvaliga talabalar buni bayram shousining bir qismi deb bilishgan.

Ayni vaqtda haydovchi Stiluoter shahrida yashovchi 25 yoshli Adasiya Chembers ekani aniqlangan. U mashina ruliga mast holda o‘tirgani gumon qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish