Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olma-otada Qozog‘istonda 2015 yilning eng yaxshi avtomobili tanlandi
Olma-otada Qozog‘istonda o‘z sinfida 2015 yilning eng ommaviy avtomobillari tanlandi. Eng ommaviy avtomobillar autogoda.kz saytida onlayn rejimda ovoz berish orqali tanlandi. Ovoz berishda 150 mingdan ko‘proq qozog‘istonlik qatnashdi, deb xabar bermoqda zakon.kz nashri.
Iste'molchilar kichik o‘lchamdagi avtomobillardan tortib katta o‘lchamdagi yo‘ltanlamas mashinalar, pikap va sportkarlargacha yo‘nalishlardagi eng ommaviy avtomobil uchun ovoz berdilar. Ovoz berish ishtirokchilaridan biri bosh mukofot – yangi avtomobil yutib oldi (har bir ishtirokchiga individual raqam berildi). Ovoz berishda faqatgina Qozog‘iston fuqarolariga ishtirok etishga ruxsat berildi.
Quyida o‘z sinfi bo‘yicha “Yil avtomobili 2015” tanlovi g‘oliblari nomi keltirilgan:
Kichik o‘lchamdagi sinf - HYUNDAI ACCENT;
Kichik o‘lchamdagi yo‘ltanlamas - NISSAN JUKE;
Golf-sinf - KIA CERATO (Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan);
Kupe – KIA CERATO KOUP (Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan);
O‘rta sinf - TOYOTA CAMRY;
O‘rtacha o‘lchamdagi yo‘ltanlamas - TOYOTA LAND CRUSER PRADO;
Biznes-sinf - LEXUS GS;
Hashamatli sinf - MERCEDES-BENZ S-CLASS;
To‘rt eshikli kupe - MERCEDES-BENZ CLS;
Mikroavtobuslar - MERCEDES-BENZ V-CLASS;
O‘rtacha o‘lchamdagi yo‘ltanlamas - LAND ROVER RANGE ROVER;
Pikaplar - SSANGYONG ACTYON SPORTS (Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan);
Mini-furgonlar - PEUGEOT PARTNER (Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan);
Luxury - BENTLEY FLYING SPUR;
Kabriolet - MASERATI GRANCABRIO;
Ixcham yo‘ltanlamas - MITSUBISHI OUTLANDER;
Venlar - MERCEDES-BENZ B-CLASS.
Maxsus yo‘nalishlardagi g‘oliblar:
Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan - SSANGYONG NOMAD;
Bojxona Ittifoqi - VOLKSWAGEN POLO;
2015 yil premerasi - FORD MONDEO;
Yil loyihasi - INFINITI;
Yil avtomobili - KIA CERATO;
Mobil 1 talqini bo‘yicha yil avtomobili - TOYOTA CAMRY.