Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Yaponiya o‘zaro hamkorlikda yoshlar innovatsiya markazini tashkil etadi
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama hamkorlik masalalari doirasida o‘zbek-yapon yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish borasiga ham e'tibor qaratildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida o‘zbek-yapon yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish borasida Memorandum imzolangan. Markaz Toshkent davlat texnika universiteti qoshida Yaponiya oliy o‘quv yurtlari Nagoya va Tsukuba hamkorligida tashkil etiladi.
Markazning kelajakda texnika va innovatsiya sohasidagi iqtidorli, ixtirochi va intiluvchan yoshlarni o‘z bag‘riga jamlashi hamda ularni shu sohadagi ijodiy ishlarini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.