Sport | 01:20 / 25.10.2015
3526
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik yosh kurashchi Hasanboy Rahimov Rossiyadagi musobaqa g‘olibi bo‘ldi

Erkin kurash bo‘yicha 2015 yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining kumush medal sohibi Hasanboy Rahimov Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida rossiyalik kurashchi, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Buvaysar Saytiyev mukofotlari uchun o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi. 

Musobaqaning 120 kggacha vazn toifasidagi finalida O‘zbekiston vakili rossiyalik kurashchi Oleg Balayevga qarshi gilamga tushdi.

Hamyurtimiz uchrashuvni muddatidan avval 1-bo‘limning o‘zidayoq o‘z foydasiga yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.

Buvaysar Saytiyev Rossiyada xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, uch karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi hisoblanadi. Uning rahnamoligida o‘tkaziladigan musobaqa Birlashgan kurash dunyosi (UWW) nomi ostida o‘tkaziladigan musobaqalar rasmiy jadvaliga kiritilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish