16:04 / 25.10.2015
2671

Sloveniya chempionatidagi o‘yinlardan biri qochqinlar muammosi tufayli o‘tkazilmay qoldi

Qochqinlar muammosi futbol bo‘yicha Sloveniya chempionatiga ta'sir ko‘rsatdi.

MMC RTV Slovenija nashri xabariga ko‘ra, 24 oktabr kuniga belgilangan «Olimpiya» va «Maribor» jamoalari bahsi aynan mamlakatga qochqinlar oqimi ortishi tufayli o‘tkazilmay qoldi.

Xabarda aytilishicha, bu uchrashuv o‘tkaziladigan o‘yingohda tartibni saqlash uchun 143 nafar politsiyachi ajratilgan. Bu esa belgilangan me'yordagidan ancha kam bo‘lgan.

Politsiyachilarning aksar qismi qochqinlar muammosi bilan band bo‘lgani uchun huquq-tartibor organlarida xodimlar yetishmasligi kuzatilmoqda.
Shu tariqa bu o‘yin noma'lum muddatga qoldirilgan.

Top