Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning Yaponiyadagi elchixonasida turklar va kurdlar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi
Turkiyaning Tokio shahrida joylashgan elchixonasida Yaponiyadagi turklar va kurdlar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berib, bir necha kishi jarohatlandi. Bu haqda NHK xabar bergan.
Qayd etilishicha, Sibuya tumanidagi ushbu elchixona hududiga 600 nafarga yaqin kishidan iborat olomon yig‘ilgan.
Bunga muddatidan oldin o‘tkazilishi rejalashtirilgan parlament saylovlari sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Ayni vaqtda janjal sabablari o‘rganilmoqda. Jarohatlangan 4 kishi shifoxonaga yetkazilgan.
Elchixona hududi o‘nlab avtobuslarda yetib klgan yuzlab politsiyachilar tomonidan qo‘riqlanmoqda.