21:30 / 25.10.2015
3789

Ukraina Rossiya aviakompaniyalariga 5 ta yo‘nalish bo‘yicha tranzit parvozlarini amalga oshirishga ruxsat berdi

Ukraina Rossiya aviakompaniyalari uchun o‘z hududidan 5 ta yo‘nalish bo‘yicha tranzit parvozlarini amalga oshirish imkonini saqlab qoldi, deb yozmoqda “Apostrof” nashri.

Bu haqda Ukraina infratuzilma vazirligi vakili Irina Kustovskaya ma'lum qildi.

Tegishli murojaatdan keyin Rossiyaning “Aeroflot” va “Transaero” aviakompaniyalariga Ukraina orqali Bolgariya, Turkiya, Misr, Gretsiya va Isroilga parvozlar amalga oshirishga ruxsat berildi. Biroq harbiy yuklarning tranziti taqiqlab qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi aviaaloqa ikki tomonlama sanksiyalar kiritilishi oqibatida 25 oktabrdan to‘xtatib qo‘yildi.

Top