12:49 / 25.10.2015
5009

Yaponiya matbuotida Abening O‘zbekistonga tashrifiga bag‘ishlangan maqola chop etildi

Yaponiya matbuotidagi yetakchi nashrlardan biri Nikkei gazetasi Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abening 24-26 oktabr kunlarida O‘zbekistonga uyushtirgan rasmiy tashrifiga bag‘ishlangan maqola yozdi.

Maqolada bu keyingi 9 yil ichida Yaponiya hukumati rahbarining O‘zbekistonga uyushtirgan ilk tashrifi ekani qayd etib o‘tilgan.

Xabarda aytilishicha, bosh vazir bilan safarga chiqqan delegatsiya tarkibida savdo uylari, banklar, injiniring kompaniyalari, OO‘Yu, xususiy tashkilotlar va boshqa muassaslar vakillaridan iborat 50 kishi o‘rin olgan.

Maqolada qayd etilishicha, bu turnedan maqsad Yaponiya kompaniyalarining Markaziy Osiyo mintaqasida ulkan zavodlar qurish va yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

"Shindzo Abe hukumati yapon kompaniyalarining xorijdagi loyihalarda ishtiroki uchun sarflangan mablag‘larni 3 barobarga oshirishga ko‘rsatma bergan. 2010 yildagi 10 trln iyena (84 mlrd dollar atrofida) 2020 yilgacha 30 trln iyenagacha (252 mlrd dollar) oshirilishi ko‘zda tutilgan", deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Nikkei gazetasi Yaponiyadagi eng yirik va obro‘li nashrlardan biri hisoblanadi. 1876 yildan boshlab nashr qilinishi boshlangan gazeta tiraji bugungi kunda 4,7 mlnga yetgan.

Top