17:47 / 26.10.2015
4177

NASA “mingyillik dovuli”ning orbital foto va videolarini ko‘rsatdi

NASA agentligi “mingyillik dovuli” nomini olgan tabiiy ofatning orbitadan suratga olingan foto va videolarini ko‘rsatdi. Bu haqda agentlikning saytida xabar qilindi.

Dovul Tinch okeanining sharqiy qismida, Meksika qirg‘oqlarida kuzatildi. U dovullarni kuzatish tarixidagi eng qudratlisi bo‘lgani aytilmoqda.

Suratlar 24 oktabr kuni Xalqaro kosmik stansiyadan amalga oshirilgan.

Top