Jahon | 09:12 / 26.10.2015
4596
1 daqiqa o‘qiladi

«'»: Suriyadagi amaliyotlar uchun raketalar ishlab chiqarayotgan zavod uch smenada ishlashga o‘tdi

Suriyadagi harbiy amaliyotlar uchun qurol-yarog‘larga bo‘lgan talabning ortishi sababli “Taktik raketa qurol-yarog‘lari” korporatsiyasi ishchilari uch smenalik ish tartibiga o‘tdi, deya xabar bermoqda «Kommersant'-Vlast» nashri mudofaa-sanoat kompleksidagi axborot manbasi ma'lumotiga tayangan holda.

Yirik desant kemalarini ortiqcha yuklamalardan xalos etish maqsadida ularga yordamchi sifatida harbiy maqom berilgan boshqa yuk kemalaridan foydalanishga qaror qilindi. Shu munosabat bilan Rossiya floti Suriyaning Tartus portiga yuklarni yetkazib berish uchun turk kema egalaridan 8 dona kemani ijaraga oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish