01:35 / 26.10.2015
3645

Afg‘oniston armiyasi oxirgi kun ichida 200 nafar jangarini yo‘q qildi

Afg‘oniston mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, Afg‘oniston harbiy kuchlari oxirgi sutka mobaynida 197 nafar jangarini yo‘q qildi, ular ichida guruh qo‘mondoni ham bor.

"Afg‘onistonning turli hududlarida olib borilgan harbiy operatstsiyalar davomida 197 nafar jangari yo‘q qilindi, 70 nafari yaralandi, 16 nafari esa asirga olindi”, — deyiladi vazirlik taqdim etgan ma'lumotda.

Armiya tomonidan esa 19 harbiy halok bo‘lgan.

Operatsiyalar Nangarhar, G‘azna, Hirot, Badgis, Badaxshon, Faryob, Jauzjon va Gilmond viloyatlarida hamda Qobulning Qunduz va Lashkargohi tumanlarida o‘tkazilgan.

Top