Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:00 / 26.10.2015
6770
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘onistonda 21 kishi zilzila qurboni bo‘ldi
Afg‘onistonda bugun, 26 oktabr kuni sodir bo‘lgan yer qimirlashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi, 100 kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Pajwak agentligi.
Shuningdek, Pokistonda 20 kishi halok bo‘lgani, 300 kishi jarohat olgani ma'lum qilindi.
Ilgari xabar qilinganidek, zilzila O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham sezildi. Jumladan, Toshkent shahrida 4-5 magnitudali yer silkinishlari kuzatildi.